Қирғизистон адлия тизими ҳам ўзбекларга қарши ишлаëтганликда айбланмоқда

15 сентябрь, 2010 йил
Озодлик радиоси

Қирғизистон жанубида июн ойида юз берган миллий асосдаги зўравонликларга алоқадорликда айланаëтганлар устидан бораëтган маҳкама жараëнлари жиддий хавотирларга асос бўлмоқда. Зотан бу суд жараëнлари Қирғизистон адлия тизимининг ҳам ўзбекларга қарши қаратилганидан далолат бермоқда. » Read more…

Тўлейкан Исмоилова: “Миллатчиликни ҳукумат олиб келди”

9 сентябрь, 2010 йил
Озодлик радиоси

Июн ойида Ўш ва Жалободдаги оммавий қирғинга оид факт ва ҳужжатларни тўплагани учун тазйиқларга учраб, мамлакатни тарк этган ҳуқуқ фаоли Тўлейкан Исмоилова Парижда ўтказилган матбуот анжуманида қонли воқеалар ҳақида гапириб берди. Озодлик мухбири билан суҳбатда Исмоилова хунрезлик бошида ҳукумат амалдорлари турганига ишора қилди. » Read more…

Inson huquqlari tashkilotlari Azimjon Asqarovga chiqarilgan hukmdan norozi

16-sentabr, 2010-yil
Amerika Ovozi

Qirg’iziston sudi mahalliy o’zbek huquq himoyachisi Azimjon Asqarovni umrbod qamoq jazosiga mahkum etdi. Xalqaro tashkilotlar hukmdan shokda ekanini aytib, jarayon qonunga xilof tarzda o’tganini ta’kidlaydi. Asqarov iyun oyida janubdagi xunrezliklarni uyushtirganlikda va qirg’iz militsionerini o’ldirganlikda aybdor deb topildi. » Read more…

“ОБОН” миллат софлиги учун курашмоқда

Озодлик радиоси
17-август, 2010 йил

“ОБОН” аталмиш миллатчи хотин-қизлар ҳамда қирғиз йигитлари тўдалари Ўш аҳолисининг “этник софлиги” учун курашмоқда. Ўшдан олинаётган хабарлардан пайдо бўлган фикрни мана шундай пафос билан ифодалаш мумкин. Ўшлик ҳуқуқ фаоли Абдуманноп Халилов 16 август кунги “ОБОН” ҳамласининг энг сўнгги қурбонларидан биридир.

» Read more…

Qirg’iziston janubidagi qonli voqealarning qiyosiy tahlili: 1990 va 2010-yillar

“…O’sh viloyati qirg‘izlari aroqqa qo‘shib berilgan milliy mumtozlik zaharg‘oyasidan bangilardek quturib, qurolsiz o‘zbek qardoshlari qonini to‘kdilar”.

Shavkat Rahmon, 1990-yil

O’shlik marhum adib Shavkat Rahmon shu satrlarni yozayotganida Qirg’izistondagi qonli etnik nizolar oradan 20 yil o’tib O’shda yana qayta takrorlanishi yetti uxlab tushiga kirmagan bo’lsa keak. 1990-yil yuzlab o’zbeklarning yostig’ini quritgan etnik mojaroda yuz bergan xunrezliklar, ko’z ko’rib, quloq eshitmagan vahshiy qiynoqlar va qotilliklar roppa-rosa 20 yildan keyin shu o’lkada aql bovar qilmaydigan darajadagi o’xshashlik bilan takror sodir etidi. Qizig’i, har ikki mudhish ommaviy qirg’in ham iyun oyida sodir etilgan.

Keling, yaqin o’tmishda sodir bo’lgan bu mudhish qirg’in tafsilotlarini qisqacha yodimizga solsak…

O’zbeklar Qirg’izistonda son jihatdan ikkinchi yirik etnik guruh (2-jadvalga qarang). Janubiy Qirg’iziston aholisining salmoqli qismini tashkil etuvchi o’zbek aholisi O’sh va O’zgan kabi janubiy viloyat shaharlarida ko’pchilikni tashkil etadi (3-jadval).

Janubiy viloyatlarni qirg’izlashtirish, shaharlardan va serhosil yerlardan o’zbeklarni siqib chiqarib, ularni qirg’izlarga qayta bo’lib berish siyosati hukumat va mahalliy qirg’iz aholisi orasida ko’plab tarafdorlarga ega. Etnik qirg’in ortida turgan asosiy sabablardan biri ham mana shu edi…

» Read more…

Dunyo o’zbeklari uyushmasi yaratilmoqda

Amerika Ovozi
13-avgust, 2010-yil

Qirg’iziston janubida o’zbeklarga qarshi zo’ravonliklar jahonning turli chekkalarida yashovchi o’zbeklar uchun kutilmagan hol bo’ldi, ularni larzaga soldi. O’zbeklar birlashmasa, jipslashmasa, millat sifatida obro’si to’kiladi, deydi ba’zilar. Ana shu maqsadda ayni kunlarda Dunyo o’zbeklari uyushmasini tuzish ustida ish ketmoqda. » Read more…

Xalqaro Amnistiya: Qirg’izistondagi fojeani tergov qilish yillar talab qilishi mumkin

Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi Xalqaro Amnistiya tashkiloti Qirg’iziston janubidagi xunrezlikni samarali taftish qilish uchun qator tavsiyalar bilan chiqqan. Tergov natijalariga qarab ikki xalq o’rtasida murosa haqida gapirish mumkin, deydi mutaxassislar.

Qirg’iziston janubida iyun oyida sodir etilgan etnik zo’ravonliklar oqibatida yuzlab odamlar nobud bo’lgan, minglab kishilar boshpanasiz qolgan, vaziyat yaxshilanishiga mahalliy o’zbeklarda ishonch va umid kam.

Xalqaro mustaqil tergov zarurati haqida ko’p gapirilmoqda, ammo shu kunga qadar buning uchun na komissiya tashkil etildi, na Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti va’da qilgan xalqaro politsiya guruhi ish boshladi. » Read more…

Qirg’izistonni tark etishga ahd qilgan o’zbeklar ko’p

O’shda xorijga ketish, o’zga yurtdan panoh topish ilinjida yurganlar ko’p. Ular o’z kelajagini Qirg’izistonda ko’rmaydi. Chunki o’zbek aholi hamon xavf ostida kun kechirmoqda, hukumat ularni himoya qilishga harakat qilayotgani sezilmayapti.

Janubiy Qirg’izistondagi etnik to’qnashuvlardan so’ng qariyb 20 ming kishi chet elga ketish maqsadida hujjatlarni rasmiylashtirgan. Ular asosan Rossiya va Qozog’istonga ketayotgani aytiladi.

Odamlar beqarorlik va qo’rquvda yashashdan to’ygan.

“Ko’chib ketishlarining sabablari hammaga ayon. O’shdagi voqealardan keyin hech kim bizni himoya qilgani yo’q. Ko’chalarga chiqa olmayapmiz. Mahallamizda bir necha ayol kaltaklandi. Bir gap bilan aytganda, tinchlik o’rnatilmadi. Ko’pchilik haligacha qo’rqayapti. Magazinga borsak ham bir necha ayol to’planib borayapmiz”, – deydi o’shlik bir uy bekasi.

» Read more…

O’sh va Jalol-Obodda qaltis vaziyatni ushlab turishdan kim manfaatdor?

Xalqaro donorlar O’sh va Jalol-Obodda kechgan zo’ravonlik oqibatini bartaraf etish, mamlakatdagi og’ir iqtisodiy-ijtimoiy vaziyatni yaxshilash uchun 1,1 milliard dollar yordam ajratishga va’da qilgan. Mablag’ning dastlabki qismi shu yilning o’zida ajratilishi kutilmoqda.

Qirg’indan keyingi vaziyat hamon qaltis. Imkon topayotgan o’zbeklar mamlakatdan ko’chib ketish harakatida. Ko’chayotgan va Qirg’izistonda qolayotgan o’zbeklarda ham xavfsizlik ta’minlanishiga ishonch kam.

Muvaqqat hukumat hozirgacha etnik vaziyatni yumshata olgani yo’q, bosim va tazyiqlar to’xtatilmadi. Qirg’izistonga xalqaro yordam ko’rsatilar ekan, o’zbekistonlik faollar qirg’inning asosiy jabrdiydalari – mahalliy o’zbeklar xavfsizligi va sharoitini inobatga olish kerakligini ta’kidlashadi.

» Read more…

O’sh va Jalol-Obodda qaltis vaziyatni ushlab turishdan kim manfaatdor?

Xalqaro donorlar O’sh va Jalol-Obodda kechgan zo’ravonlik oqibatini bartaraf etish, mamlakatdagi og’ir iqtisodiy-ijtimoiy vaziyatni yaxshilash uchun 1,1 milliard dollar yordam ajratishga va’da qilgan. Mablag’ning dastlabki qismi shu yilning o’zida ajratilishi kutilmoqda.

Qirg’indan keyingi vaziyat hamon qaltis. Imkon topayotgan o’zbeklar mamlakatdan ko’chib ketish harakatida. Ko’chayotgan va Qirg’izistonda qolayotgan o’zbeklarda ham xavfsizlik ta’minlanishiga ishonch kam.

Muvaqqat hukumat hozirgacha etnik vaziyatni yumshata olgani yo’q, bosim va tazyiqlar to’xtatilmadi. Qirg’izistonga xalqaro yordam ko’rsatilar ekan, o’zbekistonlik faollar qirg’inning asosiy jabrdiydalari – mahalliy o’zbeklar xavfsizligi va sharoitini inobatga olish kerakligini ta’kidlashadi.

» Read more…

Videos, Slideshows and Podcasts by Cincopa Wordpress Plugin